Ommaviy oferta

Hurmatli foydalanuvchi!
Sizga O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Тoshkent viloyat xalq ta'limi boshqarmasi Yangiyo’l tumani xalq ta'limi mussasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bo'limiga bevosita elektron tarzda murojaatlarni yuborish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shu bilan birga, Sizning yuborayotgan murojaatingiz rasmiy maqomga ega ekanligini ham eslatib o'tamiz.
Shu sababli, Sizdan quyidagilarni unutmasligingizni so'raymiz:
1. Jismoniy shahs sifatida murojaat yo'llasangiz familiyangiz (ismingiz, otangizning ismi), yashash joyingiz to'g'risidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan va murojaatingiz mohiyati bayon etilgan bo'lishi shart. Yuridik shahs sifatida murojaat yo'llasangiz yuridik shahsning to'liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) to'g'risidagi ma'lumotlarni ham ko'rsatishingiz va shu bilan birga murojaatingizning mazmun mohiyatini to'liq bayon etishingiz talab etiladi.
2. Alohida e'tibor bering! Tuxmat, haqorat so'zlar ishlatilgan va yolg'on habar beruvchi murojaatlarni taqdim etish mumkin emas.
3. Shuningdek, quyidagi holatlarda murojaatingiz rad etilishi mumkinligini eslatib o'tmoqchimiz:
• odobsizlik mazmunidagi murojaatlar (uyatsiz yohud haqoratli iboralar, tahdidlar, mantiq va ma'nosi bo'lmagan takliflar va shunga o'hshash murojaatlar);
• murojaat matnida tushunarsiz hisqartirishlar yoki reklama materiallari mavjud bo'lgan, tarkibida aniq arizalar, shikoyatlar yoki takliflar bo'lmagan.
4. Shuningdek, foydalanuvchining bir necha bor bitta masala bo'yicha javob berilgan murojaatini qayta yuborilganda agar unda yangi vajlar yoki holatlar keltirilmagan bo'lsa, ko'rib chiqilmaydi.
Mazkur shartlarning barchasi O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidan kelib chiqqan holda belgilangan.